Mar10 Demo Image

  

MChJ «VEK» 1994 yildan buyon O`zbekiston polimerlar bozorida faol ish yuritib kelmoqda. Korxona qurilish, bo`yoq, tekstil, mebel va poligrafiya sanoatlarida ishlatiladigan suv asosidagi polimer dispersiyalar ishlab chiqarish sohasida mutaxassislashgan. Unda ishlab chiqarilayotgan polivinilasetat dispersiyasi asosida import o`rnini bosa oladigan turli xildagi yelimli kompozitlar tayyorlanmoqda. Xozirgi kunda MChJ «VEK»ning turli xildagi yuqori sifatli, zamonaviy talablarga mos keluvchi mahsulotlari iste`molchilar tomonidan keng xarid qilinmoqda.

Batafsil

Mar10 Demo Image

 

Uzacryl M20 - akril kislotasi va stirol sopolimerining o`rta anionik quyuq dispersiyasidir. U yog`och, beton, g`isht va metallarga ishlatiladigan yuqori sifatli qoplamalar uchun universal asos hisoblanadi.

Batafsil

Mar10 Demo Image

 

Quyidagi bo'limda kompaniyamizning barcha yangiliklaridan habardor bo'lasiz.

Batafsil

Mar10 Demo Image

 

Aloqa haqida ma'lumotlarni quyidagi bo'limdan olishingiz mumkin Aloqa

                                                       yoki

to'g'ridan to'g'ri mutahassislarimizga quidagi bo'limdan murojaat qilishingiz mumkinTeskari aloqa

 

Mar10 Demo Image

 

MChJ "VEK" o`zining turli-tuman mahsulotlarini va hamkorlar manfaatlarini qondirishga qaratilgan yangicha hamkorlik usullarini taklif etadi.

 

Batafsil

 

Mar10 Demo Image

 

Siz bilan samarali va o`zaro manfaatli hamkorlikka umid qilamiz!

 

Korxona haqida

MA`SULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT “VEK”

 

KORXONA HAQIDA     

MChJ “VEK” 1994 yildan buyon O`zbekiston polimerlar bozorida faol ish yuritib kelmoqda. Korxona qurilish, bo`yoq, tekstil, mebel va poligrafiya sanoatlarida ishlatiladigan suv asosidagi polimer dispersiyalar ishlab chiqarish sohasida mutaxassislashgan. Unda ishlab chiqarilayotgan polivinilasetat dispersiyasi asosida import o`rnini bosa oladigan turli xildagi yelimli kompozitlar tayyorlanmoqda. Korxona o`z maxsulotlari uchun plastmassa idish ishlab chiqarish bazasiga ega. Xozirgi kunda MChJ “VEK” ning turli xildagi yuqori sifatli, zamonaviy talablarga mos keluvchi mahsulotlari iste`molchilar tomonidan keng xarid qilinmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yaratilgan qulay  shart-sharoitlar tufayli, 2010 yilda korxona eng zamonaviy asbob uskunalar va Yevropa sifat standartlari darajasini ta`minlay oladigan xay-tek moslamalar o`rnatish hisobiga o`zining ishlab chiqarish bazasini to`la yangilashga erishdi. Natijada stirol akril dispersiyasi va uning sopolimerlarini ishlab chiqarishga qaratilgan, belgilangan funksional xususiyatli va Evropa ekologik talablariga javob bera oladigan eng zamonaviy ishlab chiqarish tizimi yo`lga qo`yildi. Korxonaning asosiy maqsadi mahsulotlarning yuqori sifatli bo`lishini ta`minlashdan iboratdir. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni maksimal tarzda avtomatlashtirish, chiqarilayotgan barcha mahsulotlar sifatini mumtazam tarzda nazorat qilish imkonini yaratmoqda. Yangi o`lchov asboblari o`rnatilgan maxsus laboratoriyada xom-ashyoning sifati, ishlab chiqarilayotgan maxsulotning filtrlashdan avvalgi va keyingi oraliq tekshiruvi hamda tayyor maxsulotning 100%li sifat tekshiruvi amalga oshirilmoqda. Laboratoriya maxsulot sifatini o`nlab parametrlarda, jumladan, nam singishi, suv singishi, bug` o`tkazishi, ishqalanishga chidamliligi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha avtomatik tarzda kuzatib bormoqda. Korxonaning yuqori malakali mutaxassislari mijozlarning mavjud bo`lgan dispersiyalarni yangilash yoki ularning yangi turlarini ishlab chiqarish bo`yicha qilayotgan talablariga tezkorlik bilan javob bermoqdalar.

MChJ  “VEK”  buyurtmachilarning  yangi  talabnomalarini  qondirish imkoniyatiga  egadir.

  

DISPERSIYA

Uzacryl M20

Batafsil

PVA YELIMI

PVA M

Batafsil

PVA(D) YELIMI

PVA(D) VP

Batafsil

PVA YELIMI

PVA U 33

Batafsil

Site Login