Uzacryl M20

 

 

Uzacryl M20 – akril kislotasi va stirol sopolimerining o`rta anionik quyuq dispersiyasidir. U yog`och, beton, g`isht va metallarga ishlatiladigan yuqori sifatli qoplamalar uchun universal asos hisoblanadi.

 

QO`LLANILISHI

Uzacryl M20 - quyidagi mahsulotlarni tayyorlash uchun universal bog`lovchi hisoblanadi:

―   Fasad va Interyer bo`yoqlari

―   Teksturali qoplamalar

―   Mineral asosidagi gruntovkalar

―   Shpatlyovkalar

―   Modifikatsiyalashgan silikat bo`yoqlari

―   Betonni himoyalovchi vositalar

 

XUSUSIYATLARI

―   Yuqori darajada pigmentlar bilan moslashishi

―   Boshqa bog`lovchilar bilan mos kelishi (silikatli, silikonli va x.k.)

―   G`ovakli asoslarga yaxshi singishi

―   Mexanik qorishtirishlarga barqarorligi

―   Suv va ishqorga yaxshi chidamliligi

―   Suvga nisbatan oz singdiruvchanligi

―   Qatlamning shaffofligi va yuqori egiluvchanligi

 

MAHSULOT TARKIBI

TSh 64-15329272 - 04: 2007 bo`yicha asosiy texnik ma`lumotlar

   Qattiq modda tarkibi    50 ± 1,  %
   25 °С dagi quyuqligi, (Brookfield DV-II+ Pro, shpindel №63, 60 ay/d, 25 °С)    7000 - 14000,  cps
   pH ko`rsatkichi    7-9,  g/sm3 
   Zichlik, 20 °С    taxminan 1.02 - 1.07
   Zarrachalarning o`rta o`lchami    taxminan 0.1,  µм
   Qatlam hosil bo`lishning minimal temperaturasi    taxminan + 13,  °С
   Dispersiya turi    Anionli
   Plastifikator    Yo`q
   Suv bilan qorishishi    Yaxshi
   Pigment bilan bog`lanishi    Yuqori
   Sovuqqa chidamliligi    Sovuqqa chidamli emas

 

QATLAM TARKIBI

   Qatlamning tashqi ko`rinishi    Shaffof
   Egiluvchanlik    Yaxshi
   Ishqalanishga qarshilik    Yuqori
   Yorug`likka chidamlilik    Mustahkam

 

QAYTA ISHLASH

Keng qo`llaniladigan qurilish bo`yoqlari, yelimli materiallar, turli bo`yoqlar, quyuq va yuqori tarkibli qattiq moddalarni talab qiluvchi sintetik moyli suvoq mahsulotlari hamda shpatlyovkalar ishlab chiqarish jarayonida qorishtirish yuqori tezlikda harakatlanuvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda dispersiya va qo`shimcha moddalar to`ldiruvchi va pigmentlarni o`zaro bog`lash uchun qo`llaniladi. Qurilish bo`yoqlarini ishlab chiqarish jarayoni odatda yuqori tezlikdagi qorishtirgichlarda, masalan, dissolverlarda amalga oshirilib, bunda to`ldiruvchi/pigment qorishmalari avval qo`shimcha moddalar bilan birga aralashtirilgan bo`lishi, dispersiya esa so`ngida qo`shilishi kerak bo`ladi.

Uzacryl M20 dispersiyasi shu darajada barqarorki, u yuqori tezlikdagi dispergator, biser tegirmonlaridagi yuqori bosimlarga ham bardosh bera oladi. Shu xususiyati tufayli Uzacryl M20, boshqa stirol akril asosidagi ko`plab dispersiyalardan farqli ravishda, o`z tarkibida to`ldiruvchilar va pigmentlar miqdori juda yuqori bo`lgan shpatlyovkalar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Bunday sifat ko`rsatkichi, o`z navbatida, turli tayyor mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga olib kelmoqda. Uzacryl M20, boshqa dispersiyalar kabi, ko`pirishga moyil. Shu sababli u ko`pikni kamaytiradigan qo`shimchalar ishlatilishini talab qiladi. Ularning miqdori va samaradorligi tajriba yo`li bilan aniqlanishi lozim. Bizning dispersiyamiz turli xil mikroorganizmlar ta`siridan himoyalangan. Uning asosida tayyorlangan boshqa mahsulotlarni saqlash vaqtida ularning barqarorligini ta`minlash uchun kerakli konservantlarni qo`shish maqsadga muvofiqdir. Qo`llanilayotgan konservantlarning uyg`unligi va samaradorligini ham tajribali yo`l bilan aniqlash mumkin. Quyuqlikni nazorat qilish va mahsulotning iste`molchilik xususiyatlarini oshirish uchun odatda quyuqlashtirgichlar qo`shish kerak bo`ladi. Keng qo`llaniladigan quyuqlashtirgichlar bo`lib, tselluloza efirlari, poliakrilat yoki diuretan hisoblanadi. Ularni tanlash qanday tayyor mahsulot tayyorlanishiga (tiksotrop yoki uncha quyuq bo`lmagan) bog`liq.

Uzacryl M20 13°C dan yuqori temperaturalarda juda yaxshi qatlam hosil qiladi. Bunda minimal temperaturada qatlam hosil bo`lishiga erishish uchun koalistsentlardan (umumiy retseptdan 1-1.5% miqdorida) foydalanish mumkin. Hidli bog`lovchilar, butil(di)glikol, butil(di)glikolasetat, teksanol va boshqalardan ham shu maqsadda foydalansa bo`ladi. Kichik molekulyarli spirtlar va glikollar tayyor mahsulotni sovuqqa chidamlilik xususiyatini yaxshilaydi, ammo qatlam hosil bo`lish temperaturasini pasaytirmaydi. Qatlamga alohida egiluvchanlik berish maqsadida plastifikatorlar ham qo`shish mumkin. Uzacryl M20 asosida yangi mahsulotlarni tayyorlash jarayonida turli tajribalar o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Ko`plab omillarning, jumladan, qo`shimchalarning o`zaro mutanosibligi, mosligi, qorishtirish jarayonining o`tishi, moddalar adgeziyasi va hokazolarni faqat ishlab chiqarish davomidagina aniqlash mumkin. Ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir qiluvchi barcha omillarni qamrab ololmasligi tufayli, ishlab chiqaruvchilar Uzacryl M20 dan foydalangan holda yangi mahsulot chiqarish ustida o`zlarininig shaxsiy tajribalarini o`tkazishlari tavsiya etiladi.

 

XAVFSIZLIK

Umumiy talablar

Bizning ko`p yillik tajribamiz va boshqa umumiy ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, Uzacryl M20 ni to`g`ri qo`llash oddiy ishlab chiqarish gigiyenasi talablariga amal qilingan holda sog`liqqa salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. Ximikatlar bilan ishlash vaqtida standart talablarga va gigiyena qoidalariga amal qilish talab etiladi. Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar, himoya ko`zoynagi bilan ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. Mahsulotni davomli qo`llash teri va shilliq qoplamlarda g`ash kelish holatini yuzaga keltirishi mumkin.

 

Saqlash

Uzacryl M20 saqlash va qayta ishlash vaqtida zanglashga moyil metallar yoki himoya qatlamiga ega bo`lmagan quyilmalar bilan aloqada bo`lishi man etiladi. Mahsulot solingan idishlar zich yopilgan holda ochiq xavo bo`shlig`i va kerakli namlikka ega, quyosh nurlari to`g`ridan-to`g`ri tushmaydigan xonada saqlanishi lozim. Mikroorganizmlarning ta`siridan qochish uchun, mahsulot saqlanayotgan idishlar gigiyenasiga amal qilish darkor. Mahsulotni kuchli qizishi va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. Bochkalarni yonma-yon qo`yilgan holda saqlash tavsiya etiladi. Ushbu shartlarga amal qilingan holda va +5°/ +35°C temperatura oralig`ida saqlanganda, mahsulot ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oy davomida o`z tarkibini o`zgartirmaydi.

Uzacryl M20 boshqa dispersiyalar kabi, temir, mis, tsink, alyuminiy kabi metallarga nisbatan sezuvchandir. Shu sababli, ushbu metallar va ularning quyilmalaridan ehtiyot bo`lish talab etiladi. Ushbu shartlar nafaqat saqlash zahiralari, balki ishlab chiqarish jarayonida qo`llaniladigan o`tkazgichlar, quvurlar, qorishtirgichlar va idishlarga ham taalluqlidir.

 

 

DISPERSIYA

Uzacryl M20

Batafsil

PVA YELIMI

PVA M

Batafsil

PVA(D) YELIMI

PVA(D) VP

Batafsil

PVA YELIMI

PVA U 33

Batafsil

Site Login