PVA M


PVA M YELIMI

 

PVA M yelimi – bir tarkibli yelim kabi D2 og`irlik guruhiga kiradi va qog`oz, karton, teri va matolardan tayyorlangan buyumlarni va yog`ochni yog`ochga yelimlashda foydalaniladi. Linoleum, kovrolan, tashqi sirt plitkalari, qog`oz asosidagi sintetik devor qoplamalar, shisha tolali, vinil va qog`ozli gulqog`ozlar, po`kak, qurilish to`ri va bintlarni yelimlashda ham qo`llaniladi. Asosan DSP, DVP, MDF va boshqalarga dekorativ qog`oz qatlamli plastiklarni yelimlashda, hamda suv o`tkazmaslikni kuchaytirishda, betonli, suvoqli, va shpatlevkali asoslarni mustahkamligini oshirishda qo`llaniladi. Xususiyatiga ko`ra Celanese – Germaniyada ishlab chiqarilgan Mowilith DLR ga o`xshash.

Kimyoviy tarkibi

Suv asosli polivinilasetat dispersiyasi

 

Xususiyatlari

― Yelimlanadigan materiallarga oson surtiladi

― Qatlamning shaffofligi va yuqori egiluvchanligi

― Egiluvchan yelimli chok hosil qiladi

― Mexanik qorishtirishlarga barqaror

― Suv va ishqorga chidamli

― Suvga nisbatan oz singdiruvchan

― Zaharli emas, quriganidan so`ng qatlam o`zidan zararli moddalar chiqarmaydi

 

Qo`llash sohalari           

PVA M quyidagilarni tayyorlashda universal bog`lovchi hisoblanadi:

― Rom va eshiklarni yelimlashda

― Parketlar tayyorlashda

― Bo`luv devorlarini ishlab chiqarishda

― Narvon va zinalar yasashda

― Qatlamli plitalarni yelimlashda

― Chokli bog`lamlarni yelimlashda

― Qattiq va tropik turdagi yog`ochlarni yelimlashda

― Yuqori tezlikli yelimlashda

 

Mahsulot tarkibi

PVA M yelimining TSh 64-15329272-01:2003 (№1,2,3,4 O`zg. bilan) va GOST 18992-80 bo`yicha asosiy texnik ko`rsatkichlari

Tashqi ko`rinishi

Zarrachalar o`lchami 1—3 mkm.li, quyqa va boshqa qo`shimchalarsiz bo`lgan oq rangli quyuq suyuqlik. Tashqi yupqa qatlam ruxsat etiladi.

Qattiq modda tarkibi

50%

Brookfieldbo`yicha quyuqlik                      (LVDV II+ PRO) shp. 63/20 a/d

6000 – 15000cps

pH ko`rsatkichi

6.0 - 8.0

Qatlam hosil bo`lishning minimal temperaturasi

taxminan  + 3, °С

Qatlamning qattiqlashish temperaturasi

taxminan  + 18, °С

Yelimlash qobiliyati

500 (0.5)kgs/sm

Plastifikator

Ishtirok etgan

 

Qatlam tarkibi                              

Qatlamning tashqi ko`rinishi

Shaffof

Egiluvchanlik

Yaxshi

Ishqalanishga qarshilik

Yuqori

Yorug`likka chidamlilik

Mustahkam

 

Qayta ishlash

PVA M yelimidan foydalanishdan avval, uni bir turdagi massa hosil bo`lguncha qorishtirish yoki chayqash lozim. Yelimlanadigan yuzani changdan, smolali, yog`li dog`lardan va boshqa kirlardan tozalash darkor. PVA Mni yelimlanadigan yuzaning bir qismiga yupqa qatlam asosida surtib, qolgan qismi bilan yopishtirish va biroz siqib turish kerak. Yelimlash mustahkamligiga talab yuqori bo`lganda, yelimni har bir yuzaga surtish lozim bo`ladi. Imkon boricha press ostiga qo`yish talab etiladi. Yelimning sarf xarajati yelimlanadigan yuzaning tuzilishiga qarab 1m2 ga 50-300 gr.ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan havo harorati +10 °C dan past, nisbiy namlik esa 80% dan yuqori bo`lmasligi kerak.      

 

Xavfsizlik

Umumiy

Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar va himoya ko`zoynagi ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. PVA M yelimi yong`indan xavfsiz. Zaharli xususiyat - lariga ko`ra 3 – guruhga kiradi, ya`ni xavfsiz modda hisoblanadi.

 

Saqlash

PVA M yelimini zich yopilgan idishda havo harorati +5 °C dan past bo`lmagan quruq xonada saqlash tavsiya qilinadi. Uni kuchli qizishiga va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. Kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.

 

O`ram

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan barcha PVA yelimlar, og`irligi 0.8 kg.li zamonaviy polietilen idishlarga va sanoat idishlariga: hajmi 40 dan 60 kg.gacha bo`lgan polietilen bochka yoki hajmi 200 kg.li po`lat bochkalarga, hamda xaridorlar bilan kelishilgan holda boshqa idishlarga ham qadoqlanadi.

 

Yuk tashish

PVA M yelimi zich yopilgan polietilen bochkalarda, +5 °C dan past bo`lmagan havo haroratida tashiladi.