PVA U 33



PVA U33 YELIMI

 

PVA U33 yelimidan – qog`oz, karton, teri va matolardan tayyorlangan buyumlarni yelimlashda foydalaniladi. U o`zida oq bo`lgan quyuq suyuqlikni namoyon etadi. Linoleum, kovrolan, tashqi sirt plitkalari, qog`oz asosidagi sintetik devor qoplamalar, shisha tolali, vinil va qog`ozli gulqog`ozlar, po`kak, qurilish to`ri va bintlarni yelimlashda ham qo`llaniladi. DSP, DVP, MDF va boshqalarga dekorativ qog`oz qatlamli plastiklarni yelimlashda, hamda suv o`tkazmaslikni kuchaytirishda, betonli, suvoqli, va shpatlevkali asoslarni mustahkamligini oshirishda ham qo`llash mumkin.

 

Kimyoviy tarkibi

Plastifikatorli va modifikatsiyalovchi komponentlar mavjud bo`lgan polivinilasetat dispersiyasi

 

Xususiyatlari

― Yelimlanadigan materiallarga oson surtiladi

― Qatlamning shaffofligi va yuqori egiluvchanligi

― Mexanik qorishtirishlarga barqaror

― Suv va ishqorga chidamli

― Suvga nisbatan oz singdiruvchan

― Zaharli emas, quriganidan so`ng qatlam o`zidan zararli moddalar chiqarmaydi

― Tez va mustahkam yopishish va oz fursat ichida qotish xususiyatiga ega

― Quriganidan so`ng yog`ochdan ham mustahkam bo`lgan qattiq-egiluvchan yelimli qatlam hosil qiladi

 

Qo`llash sohalari           

PVA U33 quyidagilarni tayyorlashda universal bog`lovchi hisoblanadi:

― Qog`oz, karton, yog`och, fanera va ip gazlama matolarga yelim sifatida, gofrakarton va yog`och, karton va qog`ozdan yasalgan idish va o`ramlar ishlab chiqarishda, hamda etiketkalarni (oziq-ovqat sanoatidan tashqari) yopishtirishda

― Suvli emulsiya bo`yoqlarida bog`lovchi sifatida

― Kraxmallash vositalarini ishlab chiqarishda

― Polimertsement, polimerbeton va pol uchun choksiz qoplovchilar tayyorlashda bog`lovchi sifatida

― Muqova va jildlov ishlarini ishlab chiqarishda yelim sifatida

― Oziq-ovqat mahsulotlarini yelimga tegmaslik sharti bilan o`rashga mo`ljallangan qog`oz, karton va yog`ochdan tayyorlangan idishlarga yelim sifatida, hamda kiyim-kechak, oyoq-kiyim va boshqalar uchun idish tayyorlashda

― Oyoq-kiyim uchun karton ishlab chiqarishda yelimlovchi modda sifatida

― Mebel sanoati uchun yelim ishlab chiqarishda bog`lovchi sifatida

 

Mahsulot tarkibi

PVA U33 yelimining TSh 64-15329272-01:2003 (№1,2,3,4 O`zg. bilan) va GOST 18992-80 bo`yicha asosiy texnik ko`rsatkichlari

Tashqi ko`rinishi

Zarrachalar o`lchami 1—3 mkm.li, quyqa va boshqa qo`shimchalarsiz bo`lgan oq rangli quyuq suyuqlik.   Tashqi yupqa qatlam ruxsat etiladi.

Qattiq modda tarkibi

30 %

Dispersiyaning dinamik quyuqligi

2.0 - 15.0 mPa•s

pH ko`rsatkichi

3.3 – 6.0

Sovuqqa chidamliligi, davr, (muzlashi - erishi) kam emas

Sovuqqa chidamli emas

Yelimlash qobiliyati

300 (0.3) kgs/sm

Plastifikator

Ishtirok etgan

 

Qatlam tarkibi  

Qatlamning tashqi ko`rinishi

Shaffof

Egiluvchanlik

Yaxshi

Ishqalanishga qarshilik

Yuqori

Yorug`likka chidamlilik

Mustahkam

 

Qayta ishlash

PVA U33 yelimidan foydalanishdan avval, uni bir turdagi massa hosil bo`lguncha qorishtirish yoki chayqash lozim. Yelimlanadigan yuzani changdan, smolali, yog`li dog`lardan va boshqa kirlardan tozalash darkor. PVA U33ni yelimlanadigan yuzaning bir qismiga yupqa qatlam asosida surtib, qolgan qismi bilan yopishtirish va biroz siqib turish kerak. Yelimlash mustahkamligiga talab yuqori bo`lganda, yelimni har bir yuzaga surtish lozim bo`ladi. Imkon boricha press ostiga qo`yish talab etiladi. Yelimning sarf xarajati yelimlanadigan yuzaning tuzilishiga qarab 1m2 ga 50-300 gr.ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan havo harorati +10 °C dan past, nisbiy namlik esa 80% dan yuqori bo`lmasligi kerak.

 

Xavfsizlik

Umumiy

Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar va himoya ko`zoynagi ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. PVA U33 yelimi yong`indan xavfsiz. Zaharli xususiyat- lariga ko`ra 3 – guruhga kiradi, ya`ni xavfsiz modda hisoblanadi.

 

Saqlash

PVA U33 yelimini zich yopilgan idishda havo harorati +5 °C dan past bo`lmagan quruq xonada saqlash tavsiya qilinadi. Uni kuchli qizishiga va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. Kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.

 

O`ram

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan barcha PVA yelimlar, og`irligi 0.8 kg.li zamonaviy polietilen idishlarga va sanoat idishlariga: hajmi 40 dan 60 kg.gacha bo`lgan polietilen bochka yoki hajmi 200 kg.li po`lat bochkalarga, hamda xaridorlar bilan kelishilgan holda boshqa idishlarga ham qadoqlanadi.

 

Yuk tashish

PVA U33 yelimi zich yopilgan polietilen bochkalarda, +5 °C dan past bo`lmagan havo haroratida tashiladi.